Prezident qaroriga köra, 2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy şaxslar çakana savdo obektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keşbek örniga 12 foiz QQS qaytariladi.
Reyestrdagi şaxslarga QQS qaytarib beriladigan mahsulotlar röyxati:
- Qöy göşti
- Parranda göşti
- Mol göşti
- Tuxum
- Ösimlik yoği
Davlat soliq qömitasi keşbek qaytariş tartibini ma’lum qildi.
QQSni qaytarib oliş uçun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi iste’molçi “Soliq” mobil ilovasini yuklab olib, Face-ID orqali röyxatdan ötişi hamda ilovada xarid çekining QR-kodini skanerlaşi lozim.
QQS qaytarilişi uçun quyidagi şartlar bajarilişi kerak:
- xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bölişi;
- sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar röyxatiga kirişi;
- tadbirkorning QQS tölovçi sifatida röyxatdan ötgani.
Reyestrdagi iste’molçi:
- QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga boşqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib çekni röyxatdan ötkazganda, QQS qaytariladigan mahsulotlar uçun 12 foiz, boşqa turdagi mahsulotlar uçun 1 foiz keşbekka ega böladi;
- QQS tölovçisi bölmagan tadbirkorlik sub’yektidan QQS qaytariladigan mahsulotlar sotib olganda, hozirgidek 1 foiz keşbek qaytariladi.
QQS summasi çek röyxatdan ötkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan söng “Soliq” mobil ilovasi orqali tölab beriladi.
Avvalroq, Kun.uz jurnalisti kambağallarga QQSdan keşbek qaytarilişi xarid çekiga boğlab qöyilişi bu tizimning işlamasligiga olib kelişi mumkinligi haqida yozgandi. Çunki şundoq ham kambağal qatlamga kiradigan odamlarda QQSni qaytarib olişda resurslar (smartfon, internet) bilan boğliq muammolar bölişi mumkin. Boz ustiga, bu qatlam asosan dehqon bozorlarida bozorlik qiladi; bozorlarda esa aksariyat holatlarda çek berilmaydi.













