Özbekistonda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan aholiga yoğ, tuxum va göşt xarididan QQS qaytariş orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratilişi aytilyapti.
Rasmiylar hali bu mexanizmning qanday işlaşi haqidagi rejalarni oçiqlamagan bölsa-da, QQS qaytariş xuddi xarid çekidan 1 foiz keşbek qaytarilişi kabi yösinda bölişi haqida gap-sözlar bor. Buning uçun “Soliq” mobil ilovasiga alohida funksiya qöşiladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro göşt, yoğ, tuxum xarid qilganda çekni ilova orqali skaner qiladi. Unda qança imtiyozli QQS summasi bölsa, avtomatik hisoblanib, unga mablağ qaytariladi.
Oddiyroq aytganda, QQSni qaytariş mexanizmi xarid çekiga boğlab qöyilyapti.
Hukumat buni qançalik yaxşi maqsadda qilayotgan bölmasin, kambağal qatlamga kiradigan odamlar QQSni qaytarib olişida muammo tuğilişi, natijada bu tizim işlamasligi mumkin. Nega?
Birinçidan, xarid çeki muammosi. Ma’lumki, kambağal aholi asosan dehqon bozorlaridan (supermarketlar emas) oziq-ovqat xarid qiladi. Bozorlarda esa hali xarid uçun deyarli çek berilmaydi. Qölida çeki bölmagan odam imtiyozdan foydalana olmasligi turgan gap.
Ikkinçidan, aloqa va kommunikatsiya muammosi. Fuqaro “şu imtiyozdan foydalanaman” deb xaridi uçun çek oldi ham deylik. Uning qölida “Soliq” mobil ilovasiga kirib, çekni skanerlaş uçun yetarli resurs böladimi? Kam ta’minlanganlar röyxatidagi odam (aytaylik, köp bolali beva ayol) smartfon işlatadimi? Internetga kiriş uçun trafik sotib oladimi? Ehtimoli juda kam. Ijtimoiy himoyaga muhtoj köplab özbekistonliklar oddiy (sensorsiz, qoniqarli kamerasiz, tugmali) telefon işlatadi yoki şuni ham işlatmaydi.
Uçinçidan, qaytariladigan mablağ juda kam va bu odamlarni qiziqtira olmaydi. Reestrga kiritilgan odamda çek oliş va smartfon bilan boğliq muammo yöq deylik. Unda QQS imtiyozidan foydalaniş uçun hamma narsa bor deb tasavvur qilib köraylik. Ammo kambağal odam bir oyda qança yoğ, qança göşt yoki qança tuxum sotib oladi va bundan olinadigan keşbek miqdori qança böladi?
Hozirça ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar oyiga qança miqdorda göşt, yoğ yoki tuxum sotib olişi hisoblanmagan. Şu sababli taxminiy hisob-kitob qilişga töğri keladi.













