Yiğilişda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uçun 70 ming gektar qöşimça maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan özini özi ta’minlay olmayotgani tanqid qilindi.
Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytiriş, yangi loyihalarni amalga oşirişda taşabbus körsatmayotgani qayd etildi.
Şu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining tökin-soçinligini öylab, yil oxirigaça oziq-ovqat mahsulotlari böyiça import bojlaridan imtiyoz berilişi ta’kidlandi.
Bundan taşqari, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qöy va parranda göşti, tuxum va ösimlik yoği xarid qilsa, qöşilgan qiymat soliği qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, ayni paytda QQS stavkasi – 12 foiz.

















