8 aprel kuni Toşkentga Xitoydan olib kelingan yangi avtobuslar taqdimoti bölib ötdi. Unda transport vaziri Ilhom Mahkamov ham qatnaşib, tadbir doirasida jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Vazirning sözlariga köra, Xitoyning “King Long” va “Yutong” brendlaridan sotib olinayotgan 12 metrli 300 ta elektrobus, 12 metrli 500 ta tabiiy gazda yuradigan avtobus va 18 metrli 200 ta tabiiy gazda yuradigan avtobus – jami mingta transport vositasining umumiy narxi – 210 mln dollar.

“Mingta avtobusning narxi 210 mln dollarga aylandi. Aprel oyi yakunlanişi bilan barça mingta avtobusni Xitoydagi zavodlar işlab çiqarib yuboradi. Bugungi kunda mingta avtobusdan 592 tasi zavodlardan çiqib ketgan, yölda kelyapti. Hozir 233 tasi Toşkent şahriga kelgan. 20 aprelgaça barçasi zavodlardan çiqib ketadi. Xitoy va Qozoğiston çegaralaridagi tirbandlik hisobiga, avtobuslarning yölda kelişiga 10-12 kun ketmoqda”, – dedi Ilhom Mahkamov.

— Avtobuslar uçun alohida harakat bölaklari taşkil etildi, lekin bu bölaklar plastik yoki temir tösiqlar bilan ajratilmagan. Şuning uçun ham haydovçilar orasida qoidabuzarlik yoki avtobuslarning tirbandlikda qolib ketişi kuzatilyapti. Kelgusida bu yölaklarni jismoniy tösiqlar bilan ajratiş böyiça rejalar bormi?

— Yöl harakati qoidalarida uzluksiz çiziq bor, buni bosib ötganlarga nisbatan jarima mavjud. Hozir har bir avtobusga maxsus registratorlar qöyiladi. Avtobuslar öşa maxsus yölaklarda harakatlanayotganda yölini tösib qöygan, mumkin bölmagan joyni avtoturargohga aylantirgan avtomobillarning hammasini fiksatsiya qiladi, ma’lumotlar YHXBBga yuboriladi. Bu jarayonda eng samarali jazo bu – jarima. Ikki marta jarima tölaganidan keyin qoidabuzarlik qilmaslikka harakat qilişadi.

Aytganingizdek, buni alohida tösiq bilan ajratiş uçun alohida katta infratuzilma tuziş kerak. Bu BRT (bus rapid transit – tezkor avtobuslar tizimi – tahr.) böladi. Jarayonda bekatlarni moslaştiriş, piyodalar ötişi uçun alohida köpriklar yoki yerosti ötiş yölagini quriş kerak. Bugungi kunda biz tezkor yeçimlarni beriş bilan şuğullanyapmiz. Bu infratuzilma ustida ham Toşkent şahar hokimligi, IIV, Transport vazirligi hamkorlikda loyiha ofisini taşkil qilganmiz. Poytaxtda 34 ta yirik koridor bölsa, mana şu loyiha ofisi bilan birgalikda 13 ta koridorni tanlab oldik. 2023 yilda 13 ta koridorning hammasida çorrahadan ötuvçilik qobiliyati, öng tarafga ketiş, yöllarda jamoat transportiga ustuvorlik beriş böyiça işlanyapti.