“Toşkent şahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qaroriga muvofiq, poytaxtning 10 ta markaziy köçasida davlat-xususiy şeriklik asosida pulli töxtaş joylari taşkil etilişi közda tutilgandi. Röyxatga Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, T.Şevçenko, Said Baraka, Moştabib, Yakub Kolas köçalari kiritilgan.

Toşkent şahar hokimining 2022 yil 29 dekabrdagi qarori bilan yuqoridagi köçalarda pulli töxtaş joylarini taşkil etiş “Kasy Park” MÇJga topşirilgan.

Ma’lum bölişiça, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi Toşkent şahar transport boşqarmasi va “Kasy Park” örtasida tuzilgan DXŞ şartnomasini 22 avgust kuni röyxatga olgan. Loyiha qiymati – 9,732 mlrd söm. Şartnoma muddati – 10 yil.

Kelişuvga köra, belgilangan köçalardagi yöl böyi joylari parkomat va elektromobillarni quvvatlaş qurilmalarini örnatiş uçun “Kasy Park” MÇJga ijaraga berilgan. Korxona bu joylarda kapital, yengil turdagi bino-inşootlarni quriş va boşqa turdagi yordamçi qurilmalarni örnatmaslik majburiyatini olgan.

Uç oy muddatda pulli töxtaş joylarining elektron platformasi IIV Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati “Ma’muriy amaliyot” axborot tizimiga hamda “Raqamli Toşkent” kompleks dasturiga integratsiya qilinişi belgilangan.

“Kasy Park” MÇJ 2018 yil 7 martda Toşkent şahrida röyxatdan ötgan. Asosiy faoliyat turi – yoğoç, quriliş materiallari va sanitariya-texnik vositalarning ulgurji savdosi. Ustav kapitali 10 mln söm. Kompaniyaning 60 foiz uluşi Fozilov Mirodil Niğmatjon öğliga, 40 foiz uluşi “Old Folk” kompaniyasiga tegişli. Rahbari – Sultonxöjayev Sarvar Anvar öğli.