Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda Turkiyaning yangi Togg T10X elektromobilini oladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbuldagi mitingdagi çiqişi çoğida ma’lum qildi. Avvalroq, 4 aprel kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga ham xuddi şu elektromobil yetkazib berilgan edi.
«Togg allaqaçon Turkiya yöllarida kezib yuribdi. Ulardan birini birodarim, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev qabul qilib oldi. Ana şunday maşinalardan birini ikkinçi birodarim, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga jönatyapmiz», dedi u.
Erdöğanning qöşimça qilişiça, yil davomida Turkiya fuqarolari uçun uşbu maşinalardan 20 ming dona işlab çiqariş rejalaştirilgan.
T10X avtomobillari 14 mart kuni sotuvga çiqdi (oldindan buyurtma bilan). Bir quvvatda 314 km masofa bosib ötadigan standart versiya 923 ming turk lirasi (554 mln söm), 523 km masofa bosib ötadigan versiya 1,215 million turk lirasi (730 mln söm) turadi. Ular mamlakat ğarbidagi Bursa viloyatida yiğilmoqda. Işlab çiqaruvçilar ma’lumotiga köra, elektromobilni 30 daqiqada 80 foizga quvvatlantiriş mumkin.
Kelgusi 1,5 yil içida Togg elektromobillarini faqat içki bozorda sotiş, keyin Germaniya, Fransiya va Yevropaning boşqa mamlakatlariga eksport qiliş yölga qöyilişi rejalaştirilgan.












