Sönggi uç yilda 9 ming 500 ta mahallaga 57 trillion söm ajratilgan. Bu mablağlar hisobiga 3 ming 500 ta mahallada içki yöllar, yana şunçasida boğça, maktab va şifoxona ta’mirlangan. 1 ming 19 ta mahallada içimlik va oqova suvi ta’minoti yaxşilanib, 452 tasi zamonaviy qiyofaga keltirilgan.

Bu yil mahallalarga ajratilayotgan mablağlar kölami 25 trillion sömga yetkazildi. “Taşabbusli budjet” dasturi doirasida 8 trillion söm közda tutilgan. Yaqinda uşbu dasturning 1-mavsumi yakunlandi. Yiğilişda uning natijalari va amalga oşiriladigan işlar haqida axborot berildi.

Bu mavsumda aholi tomonidan yöl, suv, elektr, maktab, boğça va şifoxonalarni yaxşilaşga 34 mingta loyiha takliflari ovozga qöyilgan. Ovoz beriş jarayoni yakuniga köra, 1 ming 666 ta loyiha ğolib deb topilgan. Bu borada odamlarning faolligi oşgan. 2021 yilda ovoz beriş jarayonida 1 million 200 ming aholi iştirok etgan bölsa, bu yil 1-mavsumning özida ularning soni 16 milliondan oşdi. Ilk marotaba “Taşabbusli budjet” dasturida respublikaning barça mahallalari öz loyihasi bilan iştirok etdi.

Davlat rahbari ğolib loyihalarni sifatli bajariş bilan birga boşqa loyihalarga ham e’tibor qaratiş kerakligini ta’kidladi. – Masalan, 1 ming 300 ta loyihaga 2 mingdan ortiq aholi ovoz bergan bölsa-da, ğolib bölmagan. Bu – 4 milliondan ortiq aholi kötargan masala yeçimini topmadi, degani. Şuning uçun aholining bu xayrli takliflarini qöllab-quvvatlaşimiz zarur, – dedi prezident. Uşbu loyihalarga qöşimça 1 trillion 300 milliard söm ajratilişi belgilandi.

“Taşabbusli budjet” dasturida qatnaşgan 34 mingta loyiha kelgusi yil budjetini şakllantiriş uçun tayyor taklif. Mahallalardagi tibbiyot muassasalarini ta’mirlaş böyiça mingdan ortiq, maktablarni parta va kompyuter bilan jihozlaşga 5 mingdan ziyod loyiha taklifi kelib tuşgan. Prezident “Taşabbusli budjet”da 1 ming 500 dan ortiq ovoz töplagan loyihalarni 2024 yilgi budjetni şakllantirişda inobatga oliş zarurligini ta’kidladi.