Italiya hukumati muhojirlar oqimi köpligi sababli mamlakatda favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Mamlakatning eng köp jabrlangan janubiy hududlariga 5 million yevro miqdorida yordam körsatiladi. Bu haqda 11 aprel, seşanba kuni Italiyaning ANSA agentligi tomonidan tarqatilgan ma’lumot boş vazir Jorja Meloni idorasida tasdiqlandi. Bu mablağlar, jumladan, yangi qoçqinlarni qabul qiliş markazlarini oçişga sarflanadi. Favqulodda holat davrida bunday markazlarni oçiş osonroq böladi - ammo noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş tartibi ham soddalaştiriladi.
Biroq, Italiya fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati vaziri Nello Musumeçi körilgan çoralar yetarli emasligini aytdi. U mamlakatdagi migratsiya inqirozini hal qiliş uçun Yevropa Ittifoqining «mas’uliyatli aralaşuvi»ga çaqirdi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, yil boşidan beri Italiyaga 31 mingdan ortiq noqonuniy muhojir kelgan. Ötgan yilning şu davrida ular bor-yöği 7900 ga yaqin edi. Qoçqinlar Tunis va Liviyadan Örta Yer dengizi orqali janubiy Italiya va Maltaga ötişga harakat qilmoqda, şu jumladan yaroqsiz qayiqlarda - buning natijasida ularning sezilarli qismi halok bölyapti.
Italiya boş vaziri Jorja Meloni fevral oyida hukumat keyingi falokatlarning oldini oliş uçun noqonuniy migratsiyani töxtatişga qaror qilganini aytdi.

















