«Biz döstlarimiz va hamkorlarimiz tomonidan hujum boşlanişi vaqti böyiça bosim sezmayapmiz, - dedi u Amerikaning The Hill naşriga bergan intervyusida. - Bizning barça döstlarimiz va hamkorlarimiz hujumga ötiş uçun bunga 100 foiz va undan köproq tayyor böliş kerakligini tuşunişadi».

AQŞ razvedkasi Ukraina qöşinlari konsentratsiyasi, öq-dorilar va jihozlar taqçilligi bilan boğliq muammolar Kiyevning rejalaştirilgan qarşi hujumi haqidagi taxminlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va aftidan, bosib olingan hududlarning faqat kiçik bir qismini Rossiyadan qaytarib olişga imkon beradi, deb yozadi The Washington Post gazetasi 10 aprel kuni internetdagi manbalar va maxfiy hujjatlarga asoslanib.

Naşr fevral oyiga borib taqaladigan «öta maxfiy» hujjatlarga iqtibos keltirgan bölib, unda Ukraina hujumi «kamtarona hududiy yutuqlarga» olib kelişi mumkinligi aytiladi. Kiyev Ukraina şarqidagi hududlarni qaytarib olişni va Rossiya armiyasini annexia qilingan Qrimdan uzib qöyiş uçun janubda olğa siljişni rejalaştirmoqda, biroq «kuçli Rossiya mudofaasi, ukrainalik askarlarning yetarliça ta’minlanmagani va tayyor emasligi oldinga siljişni töxtatib qöyişi, yöqotişlarni kuçaytirişi mumkin», deb hisoblaydi AQŞ razvedkasi.

AQŞ rasmiylarining WP naşriga aytişiça, bu kabi prognozlar Milliy razvedka kengaşining hisob-kitoblariga ham asoslangan. Ularga köra, Ukraina Xarkiv va Xerson viloyatlaridagi kuzgi hujumdagidek köp hududni qaytarib olişi dargumon.