Şimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uçirdi, deb xabar bermoqda AP axborot agentligi 13 aprel, payşanbaga ötar keçasi Janubiy Koreya qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasiga tayanib. Janubiy Koreya harbiy departamenti heç qanday ma’lumot, jumladan, raketa turi va uning masofasi haqida ma’lumot bermadi.

Şu bilan birga, Yaponiya hukumati mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8 larda Xokkaydo oroli şimolidagi aholidan boşpanalarga yaşirinişni söradi: xavfsizlik tizimi KXDR raketasi orolga yoki uning yaqiniga tuşişi mumkinligini başorat qildi. Tez orada signal bekor qilindi - Tokio prognoz notöğri ekanligini va Şimoliy Koreya raketasi dengizga qulaganini bildirdi.

10 aprel, duşanba kuni Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In mamlakat oliy harbiy rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi va unda Şimoliy Koreyaning yadroviy arsenalini yanada «amaliy va hujumkor» tarzda mustahkamlaşga va’da berdi.

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In yadroviy qurollar zaxirasini «geometrik progressiyada» oşiriş maqsadida işlab çiqarişni köpaytirişga buyruq bergan.

Şimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi ma’lumotlariga köra, Kim Çen In mart oyi oxirida yadro qurolini işga tuşirişga rahbarlik qilgan va KXDR Yadro qurollari institutining Şimoliy Koreya yadroviy qurolli kuçlarini sifat va miqdor jihatdan mustahkamlaş borasidagi yutuqlar töğrisidagi hisobotini tinglagan.

U yadro qurolidan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanişga «ideal» tayyor bölişga çaqirdi, şuningdek, «duşmanlarni qörqitiş» va KXDR hukumati, tizimi va xalqini himoya qilişi uçun «yadroviy kuçlarni doimiy ravişda kuçaytiriş» zarurligini ta’kidladi.

Kim Çen Inning ta’kidlaşiça, Pxenyan yadro quroli boşqa davlatlarga qarşi yönaltirilmagan, mamlakat yadroviy kuçlarining «duşmani» uruşning özi va umuman, yadroviy falokatdir, KXDR rasmiylari mintaqada tinçlik va barqarorlik örnatilişiga intiladi.