Belarusda muxolifatçi Nexta Telegram kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviçga nisbatan ayblovlar kuçaytirildi. Bu haqda 13 aprel, payşanba kuni Minsk viloyat sudida bölib ötgan sud majlisida davlat ayblovçisi Natalya Sokolova ma’lum qildi.
Hozir, xususan, «ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş», «hokimiyatni egallab oliş va nafrat uyğotiş uçun fitna uyuştiriş»dan taşqari, muxolifatçi «ekstremistik tuzilmaga qayta rahbarlik qiliş»da ham ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, Roman Protaseviç 2020 yilning may-sentabr oylarida Nexta boş muharriri bölgan. 2020 yil oktabr oyida Protaseviç Varşavadan Vilnyusga köçib ötdi va 2021 yil mayigaça «Belarus golovnogo mozga» Telegram kanali faoliyati uçun mas’ul edi.
Protaseviç yangi söroq oldidan qöyilgan ayblovlar bilan tanişişi uçun sud majlisi 19 aprelga qoldirildi.












