AQŞ Davlat departamenti Yevropa davlatlariga Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan tarqalayotgan dezinformatsiyani aniqlaş va foş qiliş imkonini beruvçi özaro anglaşuv memorandumlarini tugatiş töğrisida bildirişnoma yubordi, deb xabar berdi The Financial Times (FT) yevropalik uç manbasiga tayanib.
Memorandumlar sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida imzolangan va Davlat departamenti agentligi bölgan Global hamkorlik markazi (Global Engagement Center, GEC) boşçiligidagi taşabbusning bir qismi edi.
Markazni 2024 yil dekabrigaça boşqargan Jyeyms Rubin memorandumlarning bekor qilinişini Rossiya va Xitoy bilan axborot uruşida «bir tomonlama qurolsizlaniş akti» deb atadi. Uning sözlariga köra, bu hujjatlarni Yevropa va Afrikaning 22 davlati imzolagan.









