Özbekistonda PISA xalqaro tadqiqoti ötkazilayotgan maktablar röyxatiga barça prezident maktablari ham kiritilgani yuzasidan tadqiqot muallifi va Maktab vazirligi izoh berdi.
Avvalroq jamoatçilik faollari prezident maktablarining bu tadqiqotda qatnaşişi natijalarning sun’iy yaxşilanişiga sabab bölişi ehtimoliga e’tibor qaratgan, maktab vaziri Hilola Umarova bunga javoban barça maktablar tasodifiy tanlab olinganini bildirgandi.
Lekin 10 mingta maktab içidan tasodifiy tanlangan 233 tasi sirasiga barça hududlardagi prezident maktablari töliğiça kirib qolgani vazirning sözlariga işonçsizlik uyğotgandi.
“Bu maktablarni qöşişni Özbekiston tomoni söragan” — PISA asosçisi
Gazeta.uz naşri mavzu yuzasidan PISA tadqiqoti asosçisi Andreas Şlyayxerga savollar yöllab, undan javob xati olgan. Unda Şlyayxer tadqiqot uçun tanlab olingan maktablar qatorida barça 14 ta prezident maktabi ham borligini tasdiqlab, ularga alohida guruh deb qaralişi, mamlakatning umumiy natijalarini hisoblab çiqarişda vazn beriş usuli qöllanişi hisobiga, haqqoniy natijalar olinişini ta’kidlagan.
“Özbekiston böyiça mamlakat natijalarini tayyorlaşda uşbu maktablarning tanlanmadagi uluşi oşib ketgani hisobga olinadi, şu sababli tadqiqot natijalari Özbekistondagi barça öquvçilar holatini töğri aks ettiradi. Prezident maktablarining natijalari faqat bu maktablardagi öquvçilarning mamlakatdagi jami öquvçilar soniga nisbatan uluşiga mutanosib ravişda hisobga olinadi.
Bunday yondaşuv PISA tadqiqoti uçun standart bölib, mamlakatlar umumiy natijalarga qöşimça ravişda muayyan turdagi maktablar yoki öquvçilar böyiça natijalarni tahlil qilmoqçi bölganda qöllanadi. PISA natijalarini hisoblaşda muayyan turdagi maktablar umumiy natijaga haddan taşqari katta ta’sir qilmasligi, mamlakat darajasidagi natijalar mamlakatdagi umumiy holatni aks ettirişi uçun tanlanmaga vazn beriş (sampling weighs) metodikasini qöllaydi.
Xususan, Özbekiston böyiça tadqiqotlarda mamlakat hududi urbanizatsiya darajasi böyiça 27 ta guruh (strata)ga bölib olingan, şundan kelib çiqib PISA öquvçilarni tanlaşda avval uşbu 27 guruhda qança maktab/öquvçi bölsa, şunga proporsional ravişda uluş ajratgan. Keyin esa 14 ta prezident maktabi qöşimça guruh sifatida alohida kiritilgan. Ixtisoslaştirilgan maktablarga kelsak, maktablarning ixtisoslaşuvi alohida guruhga böliş uçun mezon qilib olinmagan, lekin har bir guruh içida qöşimça mezon sifatida olingan”,









