Fransiyada pensiya islohoti töğrisidagi qonun asosan Konstitutsiyaga mos keladi, şuningdek, qonun loyihasini parlamentda ovoz berişsiz ma’qullaş ham Konstitutsiyaga mos. Bu haqda Konstitutsiyaviy Kengaş qaror çiqardi.
Ammo Kengaş qonun loyihasidan işlaydigan pensionerlarga, davlat xizmatçilarining ayrim toifalari uçun muddatidan oldin pensiyaga çiqişga oid, şuningdek, pensiya tizimining qöşimça ma’lumotlar bazasini yaratiş bilan boğliq 6 ta moddani çiqarib taşladi.
Şu bilan birga, Konstitutsiyaviy Kengaş uşbu qonunni qabul qiliş böyiça referendum ötkaziş töğrisidagi taklifni rad qildi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hujjatni imzolamagani uçun islohot hali kuçga kirmagan. Kasaba uyuşmalari vakillari davlat rahbarini qonunga veto qöyişga çaqirmoqda.
Fransiyada pensiya yoşini 2030 yilgaça 62 dan 64 ga oşiriş Emmanuel Makronning saylovoldi va’dalaridan biri hisoblanadi. Rasmiylar birinçi marta 2019 yilda pensiya yoşini oşirişga harakat qildi, bu ommaviy noroziliklarga olib keldi va islohot kovid pandemiyasi fonida qoldirildi.
2023 yil yanvar oyidan beri Fransiyada pensiya islohotining yangi muhokamasi fonida minglab norozilik namoyişlari bölib ötmoqda.
Fransiya pensiya yoşini 64 ga oşirsa ham, Yevropadagi eng past körsatkiçlardan biri bölib qoladi. Taqqoslaş uçun, Italiya va Germaniyada pensiya yoşi 67, Buyuk Britaniyada 66, Ispaniyada 65 yoşni taşkil qiladi. AQŞda ham 1960 yildan keyin tuğilganlar faqat 67 yoşda pensiyaga çiqişi mumkin.












