AQŞ Milliy havo gvardiyasi askari Jyek Teyşeyra milliy mudofaa ma’lumotlarini ruxsatsiz saqlaş va uzatiş, şuningdek, maxfiy ma’lumotlar va harbiy hujjatlarni izçil olib qöyişda rasman ayblandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
AQŞ Adliya vazirligi ayblanuvçini sudgaça hibsda saqlaşni söradi. Sud uşbu arizani 19 aprel kuni körib çiqadi.
21 yoşli Teyşeyra Pentagonning maxfiy hujjatlari internetga sizib çiqqani böyiça sudlanmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, dekabr oyidan boşlab u hujjatlarni internet tarmoğiga yuklay boşlagan, ularning köpçiligi 2022 yil dekabrida «öta maxfiy» deb belgilangan.
Sud hujjatlariga köra, Federal qidiruv byurosi (FQB) gumonlanuvçini aniqlaş uçun Discord ijtimoiy platformasining tölov ma’lumotlaridan foydalangan. Çunki, hujjatlar birinçi marta oşkor etilgan Discord çatini aynan Teyşeyra boşqargan.
FQB uni 13 aprel kuni bir hafta davom etgan tergovdan söng hibsga oldi.
6 aprel kuni The New York Times gazetasi Pentagonning bir qator maxfiy hujjatlari ijtimoiy tarmoqlarda ommaga taqdim etilgani, ular Ukraina armiyasiga tegişli ekanini yozdi. Keyinroq gazeta ijtimoiy tarmoqlarda AQŞning «Ukrainadan Yaqin Şarq va Xitoygaça bölgan» siyosatini aks ettiruvçi maxfiy hujjatlarning yangi qismi paydo bölganini ma’lum qildi. Ular, jumladan, «Xitoy, Hind-Tinç okeani, Yaqin Şarq va terrorizmga qarşi kuraş böyiça maxfiy brifing slaydlarini» öz içiga oladi.
Pentagon ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan maxfiy materiallar manbasini aniqlayotgani va tarqaliş kölamini baholayotgani, tergovga Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi qöşilgani haqida xabar bergan edi.













