Çexiya boş vaziri Petr Fiala Özbekistonga taşrif buyuradi. U Xitoyning savdo bozorlaridagi hukmronligini muvozanatlaş maqsadida bir qator Osiyo mamlakatlariga, jumladan Vetnam, Indoneziya, Qozoğiston, Singapur va Filippinga ham boradi. Bu haqda uning sözlariga tayanib TASS xabar berdi.
Çexiya hukumati rahbariga Osiyo mamlakatlariga safari davomida respublika işbilarmon doiralari delegatsiyasi hamrohlik qiladi. Fialaning qayd etişiça, yuqoridagi davlatlar Çexiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişdan manfaatdor.
«Çexiya bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor bölgan davlatlarga boramiz. Bu ma’lum darajada Xitoyning (jahon savdo bozorlarida) hukmronligiga qarşi muvozanat yaratişi mumkin bölgan davlatlardir. Bu aniq va nafaqat Çexiya, balki butun Yevropa bundan qutulişi kerak. Biz özimiz uçun muqobil bozorlarni yaratişimiz kerak», dedi Fiala.
Osiyo mamlakatlari böylab bölajak safarning işçi dasturi yetti kunga möljallangan. Çexiya delegatsiyasining birinçi manzili Filippin poytaxti Manila böladi.
Çexiya boş vazirining Özbekistonga taşrifi sanasi xabarda keltirilmagan.

















