AQŞ Milliy gvardiyasi harbiy-havo kuçlari razvedka bölimining 21 yoşli xodimi Jyek Teyşeyra Pentagon maxfiy hujjatlarining keng miqyosda tarqalişiga aloqadorlikda gumonlanib, qölga olindi. Pentagonning Ukrainadagi uruş va boşqa milliy xavfsizlik masalalariga oid nozik mavzulardagi maxfiy hujjatlari oçiq manbalarga çiqib ketişi, kamida sönggi ön yillikdagi AQŞ razvedkasidan eng katta ma’lumotlar sizdirilişi deb aytilmoqda.

Teyşeyraning döstlari uni na siyosiy faol, na ma’lumot tarqatuvçi deb hisoblaşini aytgan. Nega unda nisbatan past unvondagi uçuvçi heç qanday aniq motivatsiyasiz juda qimmatli hujjatlarni internetga yuklagan?

Jyek Teyşeyra 21 yoşda, u Massaçusets ştatidagi AQŞ Milliy gvardiyasi harbiy-havo kuçlarining 102 razvedka bölimi xodimi. U 2019 yilda gvardiyaçilar safiga qöşilgan va öz faoliyatini kibertransport tizimlari böyiça kiçik mutaxassis sifatida boşlagan.

Teyşeyra 2022 yil iyul oyida 1-darajali uçuvçiga aylangan. Yigitning navbatdagi lavozim yuqorilaşi haqidagi xabar Massaçusets Milliy gvardiyasi harbiy-havo kuçlarining 102-razvedka bölimining Facebook’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

Ammo öz karerasi boşidayoq Teyşeyra maxfiy ma’lumotlarga kirişning yuqori darajasiga ega bölgandi, çunki u harbiy aloqa tarmoqlari va ularning himoyasini ta’minlaş uçun mas’ul bölgan IT-mutaxassis edi.

Qurol va xalqaro siyosatga muhabbat

New York Times gazetasi yozişiça, Teyşeyra işdan böş vaqtida 20-30 kişidan iborat Thug Shaker Central deb nomlangan kiçik onlayn guruhni boşqargan. Bu guruh a’zolari asosan qurol-yaroğ va onlayn memlarga bölgan qiziqiş asosida birlaşgan yoşlar va ösmirlardan taşkil topgan. Ularning ba’zilarida irqçilik ruhi va videoöyinlarga qiziqiş ham katta bölgan.

Uşbu guruh geymerlar orasida maşhur bölgan Discord platformasida töplangan. Aynan şu platformaga Pentagonning bir neça önlab maxfiy hujjatlari joylaştirilgan. Teyşeyra köp yillardan beri uşbu saytdan faol foydalanib kelgan va bu yerda OG taxallusi bilan tanilgan.

Teyşer bilan gaplaşganlarning ba’zilari OG köpinça AQŞning qattiq qöriqlanadigan sirlarini bilişini aytib maqtanganini gapirgan.

Suhbat iştirokçilaridan biri Teyşeyrani yoş, xarizmatik qurol işqibozi sifatida tasvirlagan. Şubhasiz, Jyek guruhning aksariyat a’zolaridan kattaroq bölgan va ularni hayratda qoldirişga harakat qilgan.