Marhum çaqaloqning yaqinlari şifokorlar bolaning ahvolini notöğri baholaşganini va qimmatli vaqt yöqotilganini ta’kidlaşmoqda. Bolaning ahvoli tobora oğirlaşgan va tibbiyot xodimlari bunga dimedrol sabab bölayotganini aytib, ota-onani besabrlikda ayblagan.
“Turmuş örtoğim bolani Toşkentdagi Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam şifoxonasiga olib boriş kerakligini aytdi. Lekin şifokor, bu dimedrol ta’siri ekanligini, bolamning ahvoli yaxşiligini ma’lum qildi.
Ular bolamning tana vaznini ölçamasdan, körikdan ötkazmasdan turib taşxis qöyişdi, bir qança tomçi ukollar qilişdi. Bu bolaning tana vazniga qarab qilinişi kerak edi. Avvaliga oşqozon buzilgan degan taşxis qöyişgan bölsa, keyin nafas olişi buzilgan deb kislorod apparatiga ulaşdi. Olib borgan kunimizning ertasiga bolam dunyodan ötdi. Biz suriştiruv boşlaganimizda bizga taşxis qöygan şifokorning öz hisobidan ta’til olib xorijga ketganini bildik”, deydi çaqaloqning onasi.
Onaning aytişiça, bolaning ölimidan keyin şifokorlar tomonidan sud med ekspertizaga yolğon ma’lumot berilgan. Bolada ikki tomonlama öpka pnevmoniyasi, boş miyasida şiş borligi, şu sabab nevropatolog röyxatida turişini qayd etişgan. Ammo bolada tuğilgandan beri biror kasallik alomati kuzatilmagan.
Ayni paytda prokuratura tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov jarayonida tibbiy xato yoki loqaydlik holati örganilmoqda. Agar aybdorlar aniqlansa, ular Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116 va 117-moddalari — ehtiyotsizlik orqali inson ölimiga sababçi böliş va xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik — böyiça javobgarlikka tortiladi.
Kun.uz uşbu holat yuzasidan rasmiy idoralar va Soğliqni saqlaş vazirligidan munosabat kutadi.












