Avvalroq xuddi şunday qadamlar Polşa va Vengriya rasmiylari tomonidan ham qilingan edi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning savdo sohasidagi bir tomonlama harakatlari qabul qilinişi mumkin emas. Bu haqda 16 aprel kuni Yevrokomissiya vakili ma’lum qildi. Uning bayonoti Polşa va Vengriya mahalliy qişloq xöjaligi tarmoqlarini himoya qiliş uçun Ukrainadan ğalla va boşqa oziq-ovqat importini taqiqlaşini e’lon qilganidan keyin e’lon qilindi.

Polşa hukumati Ukraina ğallasi va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qilişni taqiqladi, dedi hukmron «Qonun va adolat» partiyasi rahbari Yaroslav Kaçinskiy 15 aprel kuni.

Uning sözlariga köra, bu harakat Ukrainadan arzonroq mahsulotlar kirib kelişi sababli inqiroz tahdidi ostida qolgan Polşa qişloq xöjaligi sektorini himoya qiliş uçun zarur. 

«Biz Ukrainaning doimiy dösti va ittifoqçisi bölganmiz va şunday bölib qolamiz. Biz uni qöllab-quvvatladik va qöllab-quvvatlaşda davom etamiz. Lekin har bir davlat, har bir hukumatning burçi öz fuqarolari manfaatlarini himoya qilişdir», - dedi Kaçinskiy va Varşava masalani hal qiliş uçun Kiyev bilan muzokaralar olib borayotganini bildirdi. 

Importi man etiladigan mahsulotlarning töliq röyxati 18 nomdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan sut, tuxum, sabzavot, göşt, asal va boşqa tovarlardan iborat.