17-20 aprel kunlari bölib ötadigan mazkur taşrif Özbekistonning Latviyadagi diplomatik vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) kömagida taşkil etildi.

Safar davomida mamlakat vakillari Estoniya adliya, içki işlar vazirliklari, Elektron hukumat akademiyasi, Davlat xaridlari va davlat kömagi boşqarmasi, şuningdek, Finlandiyaning taşqi işlar, adliya, moliya vazirliklari, Raqobat va iste’molçilar idorasi hamda Xelsinki universiteti Qonun ustuvorligi markazi rahbariyati bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.

Uçraşuvlar davomida uşbu davlatlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosatining şakllanişi, davlat idoralarining sohadagi faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda korrupsiyaning oldini oliş, xususan, davlat organlarining oçiqligi, şaffofligi va hisobdorligi böyiça tajriba almaşiladi va özaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Bugungi kunda Estoniya elektron hukumatni joriy etiş va rivojlantiriş böyiça Yevropa hamda dunyoda yetakçilardan biri hisoblanadi. Aholiga körsatiladigan davlat xizmatlari soni 600 dan ortiqni, tadbirkorlarga körsatiladigan davlat xizmatlari soni esa 2400 dan ortiqni taşkil etadi.

Finlandiya Transparency International xalqaro taşkilotining Korrupsiyani qabul qiliş indeksida 2-örinni egallab, dunyodagi eng korrupsiyasiz davlat sifatida e’tirof etib kelinmoqda.