18 aprel kuni Toşkent şahri Uçtepa tumanida ikkita avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, soat 16:40 da tumanning Kiçik halqa avtomobil yöli köçasida Cobalt va Captiva maşinalari töqnaşib ketgan.
YTH oqibatida haydovçilar jarohat bilan şifoxonaga olib ketilgan. Cobalt yölovçisi olgan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida odam ölişiga sabab böliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.












