Turkiyaning janubi-ğarbidagi Denizli şahrida yaşovçi 40 yaşar Kerzi Yilmaz 43 yoşdagi eri Gökhan Yilmazning ma’şuqasidan öç oliş maqsadida ularning 2 oylik çaqaloği ustiga kislota sepib yuborgan. Hodisa 18 aprel kuni sodir bölgan.

Turk matbuotidagi xabarlarga köra, erkak uyidan ketib qolganiga köp vaqt bölmagan, u bilan birga yaşab kelayotgan ayol esa Özbekiston fuqarosidir. Kerzi Yilmaz eri ma’şuqasi bilan birga yaşayotgan uyga bostirib kirgani, kundoşi bilan yoqalaşgani aytilmoqda.

Kerzi Yilmaz Foto: Hurriyet

OAVning yozişiça, raşk ötida yongan ayol uydan çiqayotib kundoşining qölidagi ikki oylik Hamdi Yilmazning ustiga kislota sepib yuboradi. Natijada çaqaloq badanining katta qismi hamda onasining qöllari kuyib ketgan.

Qöşnilarning çaqiruvlari asosida voqea joyiga politsiya va tez yordam brigadasi yetib borgan. Ayol va uning farzandi Pamukkale tumanidagi şifoxonaga olib ketilgan. Jonlantiriş bölimiga yotqizilgan gödakning ahvoli oğir ekani xabar qilingan.

Gökhan Yilmaz ma’şuqasi bilan şu yerda yaşagan Foto: Hurriyet

Röy bergan hodisadan söng qoçib ketgan Kerzi Yilmaz politsiya tomonidan hibsga olingan. Biroq u öziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovni rad etgan va bularning barçasi öziga nisbatan uyuştirilgan tuhmat ekanini ta’kidlagan.

Ayol 19 aprel kuni sud binosiga olib kelinganda jurnalistlar bilan suhbat çoğida çaqaloqning ustiga kislota sepganidan tongan.

Mahalliy matbuotda