Qirğizistonda lotin alifbosiga ötiş böyiça bir qança variantlar körib çiqilmoqda. Bu haqda Davlat tili milliy komissiyasi raisi Qanibek Osmanaliyev Jogorku Keneş (parlament) yiğilişida ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, 1993 yilda respublikaning öşa paytdagi boş vaziri Abdiğani Erkebayev turkiy tilli davlatlar sammitida lotin alifbosiga ötiş böyiça memorandum imzolagan edi. 

«Ammo şundan keyin ular siyosiy qaror qabul qilişmadi. Qirğiziston kirill alifbosidan foydalanuvçi turkiy tilda sözlaşuvçi yagona davlat. Agar Jogorku Keneş va hokimiyat qaror qabul qilsa, olimlar, ziyolilar lotin alifbosiga ötişga tayyor. Bizda bir neçta variant bor», dedi Qanibek Osmanaliyev. 

Avvalroq, Qirğiziston parlamenti «Davlat tili töğrisida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi. Röyxatga olingan 87 deputatdan 79 nafari uni yoqlab ovoz berdi. Qolganlari betaraf böldi. 

Qayd qiliş joizki, Qozoğiston ham lotin alifbosiga ötişga hozirlik körmoqda. Biroq, islohot 2031 yilgaça keçiktirildi. Prezident Töqayev sözlariga köra, bu muammoni imkon qadar tezroq hal etiş istagida «köplab qöpol xatolarga yöl qöyilgan».