Özbekiston prezidentining Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi qarori e’lon qilindi.

Qarorga köra,

— Joriy yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 21 aprel – juma kuniga töğri kelişi töğrisida Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023 yil 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nişonlanadi.

— Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olişi va yuksak saviyada ötkazişi uçun qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida 2023 yil 24 aprel (duşanba) kuni iş haftasining turidan qat’i nazar barça xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni sifatida belgilandi.

Özbekiston prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi «2023 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi PF–270-son farmoniga özgartirişlar kiritiş haqida farmonga köra:

  • 21 aprel, juma — Hayit bayrami;
  • 22 aprel, şanba — 6 kunlik iş haftasidagi xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni;
  • 23 aprel, yakşanba — odatdagi dam oliş kuni;
  • 24 aprel, duşanba — barça uçun dam oliş kuni böladi.