Xitoy Davlat kengaşi boş vaziri örinbosari Lyu Goçjun bilan ötkazilgan uçraşuvda mamlakatlar örtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda manfaatlarga javob beradigan barqaror hamda mustahkam aloqalar örnatilganligi ta’kidlandi.

2022 yil yakunlariga köra, Xitoy Özbekistonning ikkinçi yirik savdo şerigi bölgani, Xitoy bilan savdo aylanmasi qariyb 9 milliard dollarga yetgani qayd etildi. Ötgan yilda mamlakatda Xitoy kapitali iştirokida 275 ta yangi korxona taşkil etilgan bölsa, bugungi kunda respublikada Xitoy investitsiyalari iştirokidagi 2100 dan ortiq korxona faoliyat körsatayotgani aytildi.

2016-2022 yillarda Xitoy kompaniyalari va hukumati tomonidan  neft va gaz izlaş, töqimaçilik va kimyo sanoati, infratuzilmani yaratiş, transport, telekommunikatsiya va quriliş kabi sohalarda Özbekistonga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgani qayd etildi.

Şu bilan birga, mamlakatlar örtasida turli sohalarda hamkorlikni kengaytiriş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş, yerlardan unumli foydalaniş xamda ijtimoiy sohalarda Xitoy tajribasini qöllaş muhimligiga urğu berildi.