Yaman poytaxti Sano şahrida xayriya tadbiri çoğida yuz bergan ommaviy tiqilinçda önlab odamlar halok böldi. Qurbonlar soni kamida 85 kişini taşkil etdi, yana kamida 322 kişi jarohat oldi, dedi 20 aprel, payşanba kuni ertalab husiy isyonçilar vakili. Uning sözlariga köra, halok bölganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Sky News Arabia xabariga köra, 90 dan ortiq odam halok böldi.

Ramazon oyi tugaşiga bir neça kun qolganida aholiga yordam körsatiş aksiyasi ötkazilgan maktablardan birida tiqilinç yuzaga kelgan. Bir neça savdogarlar olomondagi odamlarga pul tarqata boşlaganidan söng - kişi boşiga 9 dollardan, şov-şuv kötarildi, deb yozadi AFP. Yaradorlar va halok bölganlar yaqin atrofdagi şifoxonalarga yetkazilgan. Husiylar vakillari fojiaga aloqador uç kişi hibsga olingani haqida xabar berişdi. 

Yamanda oxirgi 9 yildan beri fuqarolar uruşi davom etmoqda. Qarama-qarşilik 2014 yilda, husiyçilar poytaxt Sanoni egallab olgandan söng boşlangan. Ular prezident Abd Rabbo Mansur Hodiyni hokimiyatdan çetlatib, uni mamlakatni tark etişga majbur qilişdi. 2015 yil mart oyida Saudiya Arabistoni va BAA boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Hodiy hukumatini hokimiyatga qaytariş kampaniyasini boşlagan edi. Yaman aholisi öta qaşşoqlikdan aziyat çekmoqda, aholining uçdan ikki qismi insonparvarlik yordamiga qaram bölib qolgan.