Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nişonlaş arafasida xalqimizga xos ezgulik, bağrikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va keçirimli böliş kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida «Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Özbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan 541 nafar şaxs afv etildi.

Afv etilgan şaxslarning 374 nafari asosiy jazodan töliq ozod etildi, 110 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi. Şuningdek, 39 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 36 nafarini çet el fuqarolari, 136 nafarini ayol, 75 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar hamda 6 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.

«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça mas’ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi», deyiladi farmon şarhida.