Belarus prokuraturasi Nexta Telegram-kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviçga 10 yil qamoq jazosi söradi. Bu haqda 21 aprel, juma kuni Rossiyaning “Sputnik Belarus” agentligi xabar berdi.

Davlat ayblovi suddan Protaseviç sudgaça bölgan kelişuv şartlarini bajarganligini hisobga olişni söradi va şuning uçun bir qator moddalar uçun jazo sifatida u eng yuqori muddatning yarmidan köpiga, boşqa qator moddalar böyiça esa - uçdan ikki qismidan köp bölmagan muddatga hukm qilinişi mumkin emas. Iş böyiça yana ikki ayblanuvçi – Nexta asosçisi Stepan Putilo va Telegram-kanal sobiq muharriri Yan Rudik xorijda va ular sirtdan sud qilinmoqda. Davlat ayblovi ularga mos ravişda 20 va 19 yil söradi.

Nexta böyiça sud jarayoni 2023 yil fevral oyida boşlangan. "Belta" davlat agentligining xabar berişiça, sudlanuvçilar 1500 dan ortiq jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan ommaviy tartibsizliklarni uyuştiriş, Belarusga qarşi sanksiyalar qöllaşga çaqiriş, ekstremistik tuzilmani yaratiş yoki unga rahbarlik qiliş, şuningdek, hokimiyatni egallaşga uringanlikda ayblanmoqda. Putiloga 13 ta, Rudikka 12 ta, Protaseviçga esa 11 ta jinoiy modda böyiça ayblov qöyilgan.

Protaseviç 2021 yil 23 may kuni Minskda qölga olingan, öşanda belaruslik dispetçerlar u Afinadan Vilnyusga uçgan Ryanair samolyotini “mina” xabari tufayli aeroportga favqulodda qönişga majbur qilgan. Keyinroq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) tomonidan olib borilgan tergov natijalariga köra, bomba haqidagi xabar yolğon ekani va u Belarus hukumatining yuqori martabali amaldorlari körsatmasi bilan ekipajga yetkazilgani aniqlangan.