Italiya hukumati mart oyida uy qamoğidan qoçgan Krasnoyarsk ölkasi sobiq gubernatori öğli, tadbirkor Artem Ussning aktivlarini muzlatib qöydi. Bu haqda 21 aprel, juma kuni Il Messaggero gazetasi mamlakat iqtisodiyot va moliya vaziri Jankarlo Jorjyettining farmoniga tayanib xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, muzlatilgan aktivlar qatoriga Milan yaqinidagi Baziloda villa va garaj, Banco di Sardegna bankidagi 160 ming yevrodan ortiq mablağ va Luxury Sardinia aksiyalarining 40 foizdan ortiği kiradi. 

Artem Uss 2022 yil oktyabr oyida AQŞ rasmiylarining iltimosiga binoan Milan aeroportida qölga olingan edi. Qöşma Ştatlar uni Amerika harbiy texnologiyalarini noqonuniy eksport qiliş va pul yuvişda aybladi. Uss işida Germaniyada hibsga olingan uning biznes şerigi Yuriy Orexov va yana uç nafar rossiyalik iştirok etmoqda. 

Ekstraditsiya qiliş imkoniyatini körib çiqqan Italiya sudi AQŞ rasmiylari tomonidan Ussga qöyilgan ayblovlarning ikkitasini yetarliça işonçli deb topdi: embargoni çetlab ötiş uçun Venesuela neftini kontrabanda qiliş va bank firibgarligi. 

Rossiya ham Artem Ussni ekstraditsiya qiliş talabi bilan Italiyaga murojaat qildi. Moskvaning Meşçansk sudi uni juda katta miqdordagi pul yuviş işi böyiça sirtdan hibsga oldi. 

AQŞga ekstraditsiya qiliş qaroridan ikki kun ötib, 22 mart kuni 40 yoşli erkak elektron bilaguzugini sindirib, uy qamoğida bölgan kvartirani tark etdi. 12 aprel kuni La Repubblica gazetasi, uning ma’lumotlariga köra, Ussning qoçişi kamida ön kişidan iborat bölgan tezkor guruh tomonidan uyuştirilgani haqida xabar berdi. Tergovga ma’lum bölişiça, bu odamlar Ussga Milandan Italiyaning Triyesta şahriga bir neça soat içida yetib borişga yordam berişgan va yölda bir neçta maşinani almaştirgan. U yerda Uss soxta hujjatlar yordamida Sloveniya çegarasini kesib ötgan, şundan söng u Serbiyaga ketgan va, ehtimol, u yerdan Rossiyaga yöl olgan.