21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Yangihayot tumanidagi 331-maktabda ta’lim oluvçi bir guruh qizlar örtasida janjal kelib çiqqani körsatilgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga köra, 2006 yilda tuğilgan H.S. va 2007 yilda tuğilgan D.U. qurilişi tugallanmagan obektda 2009 yilda tuğilgan S.X.ni urib, unga yengil tan jarohati yetkazişgan.

Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boş boşqarmasi xabar berişiça, voqea 12 aprel kuni darsdan söng sodir bölgan, uni öquvçilarning özi tasvirga olib, tarmoqlarga tarqatgan.

«Uşbu holatdan maktab ma’muriyati 12 aprel kuni keçki payt xabar topgan. Ertasi kuni janjal iştirokçilarining ota-onalari çaqirtirilib, ular bilan tuşuntiriş işlarini olib borilgan. Voqea yuzasidan maktab ma’muriyati Yangihayot tumani IIO FMBga murojaat qilgan. Ayni paytda tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda», — deyiladi rasmiy izohda.

Poytaxt içki işlar boş boşqarmasi janjal 13 aprelda yuzaga kelganini yozmoqda. Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.