Bolaning ota-onaga itoatkor bölişiga erişiş – katta va jiddiy mavzu. Ma’lumotlarning töliqligiga da’vogarlik qilmay, ayrim maslahatlarni jamladik. Ularning bari ilmiy asoslangan va köplab ota-onalarga yordam bergan.

Bolani itoatkor bölişiga heç qanday yöl bilan majburlab bölmaydi. Uni böysunişga majbur qiliş mumkin, biroq uzoq muddatga emas.

Birinçi navbatda bolaning kerakli yönalişga qaratilgan har qanday faoliyatini rağbatlantiriş kerak. Qizaloq idiş yuvmoqçimi? Uning yordami sizga xalaqit qilsa ham albatta ruxsat bering.

Masalan, bola öz buyumlarini tartib bilan taxlab qöyişini istasangiz, dastlab buni birgalikda bajaring. Ikkinçi bosqiçda qöşimça yordam beriş mumkin, masalan, qanday ketma-ketlikda taxlaşni örgatib rasm çiziş. Masalan, quyidagiça:

Bola quloq solmayaptimi? Unga yordam bering

Köp bolalar tuşunarli va körgazmali yöriqnomaga amal qilişadi. Asta-sekin odat şakllanadi, taşqi yordam kerak bölmay qoladi.

Keyingi usul – kerakli harakatlarni öyin yoki musobaqaga aylantiriş. Öyinçoqni oddiygina yiğiştiriş zerikarli va uzoq vaqt oladi. Tozalaş öyinini öynaş – umuman boşqa gap.

Öyin – bolalarning tabiiy ehtiyoji. Öyin şaklida har qanday yoqtirmagan işlariga ham kirişişga tayyorlar. Bellaşuv ham a’lo darajada ta’sir qiladi.

Bola quloq solmayaptimi? Uni jazolaşga şoşilmang

Foto: Depositphotos

Jazo

Man etilgan narsalarga amal qilmaganlik uçun jazo beriş kerak. Eng umumiy qoidalar esa quyidagiça:

Yomon narsa qilgandan köra, yaxşi narsadan mahrum qiliş.

Ommaviy jazolaş kerak emas.

Jazolaş tahqirlaş orqali bölişi kerak emas.

“Profilaktika” uçun jazolaş kerak emas.

Jismoniy jazolaşni minimum darajaga tuşiriş kerak.