“Eng yomoni – naqd pulga qaytiş” - P2P nazorati haqida iqtisodçilar bilan suhbat
|20:59 / 25.04.202349 11713 min
1 maydan kartadan kartaga pul ötkazmalari soliq organlari nazoratida böladi. Bu – qonunlarga zid. Potensial oqibatlar esa xavotirli. Kun.uz suhbatlaşgan iqtisodçilar bundan maqsad yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş emasligini aytyapti. Maqsad nimaligini taşabbuskorlarning özlari aytmayapti, ular intervyuda qatnaşiş böyiça Kun.uz taklifini rad etdi. Boşqa idoralar esa negadir sukutda.
Özbekistonda 1 maydan boşlab pul ötkazmalarini (P2P) amalga oşiruvçi taşkilotlar körsatilgan xizmatlar uçun komissiya oliş-olmasligidan qat’i nazar, ötkazmalar uçun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylaştirib, soliq organlariga taqdim etişi kerak.
Bu bilan, barça kartadan kartaga ötkazmalar haqidagi ma’lumotlar soliq organlarining ixtiyorida jamlanadi. Bu bank sirlari va tölov taşkilotlariga doir qonunlarga zidligi haqidagi tanqidlarga qaramay, mas’ul organlar şu vaqtgaça nega bunga yölga qöyilayotganiga biror izoh bermadi. Qonun çiqaruvçi organlar va Markaziy bank ham sukut saqlayapti.
Kun.uz şu mavzuda iqtisodçilar Şuhrat Qurbonov va Otabek Bakirov bilan suhbatlaşdi. Intervyuga ular bilan birga, Soliq qömitasi vakillarini ham taklif qilgan edik, lekin ular kelmasligini aytişdi.
— P2P ötkazmalarga hisob-faktura rasmiylaştiriş özi nima, oddiy tilda tuşuntirilsa?
Şuhrat Qurbonov: — P2P bir jismoniy şaxs ikkinçi jismoniy şaxsning kartasiga pul ötkazma amalga oşirişidir. Kundalik hayotdagi oddiy ötkazmalar. Ötgan yildan boşlab tölov ilovalari P2P uçun fiskal çek ham çiqara boşladi. Endi 1 maydan hisob-faktura rasmiylaştiriş boşlanadi.
Odatda, hisob-faktura ikki yuridik şaxs örtasida rasmiylaştiriladi, ya’ni jismoniy şaxslarga aloqasi yöq. Şu vaqtgaça jismoniy şaxs nimadir sotib olsa, unga hisob-faktura rasmiylaştirilişini körmaganman. Odatda fiskal çek beriladi. Hisob-fakturaning farqi şuki, unda tomonlarning töliq ma’lumoti körsatiladi. Hozirça bu narsa nima uçun va kimga kerakligi haqida heç kim aytmadi.
P2P ötkazmalarda hisob-faktura qanday rasmiylaştirilişi, [unda] qaysi ma’lumotlar bölişi haqida nizomni körganimiz yöq. Bu borada oçiq savollar köp. Bizning ixtiyorimizda faqat yuridik şaxslar örtasida hisob-faktura töldiriş nizomi bor.
Otabek Bakirov: — Hozirgi suhbatimizda soliq organidan xodim bölganida, yaxşi bölar edi. Umuman, soliq organi tomonidan oxirgi paytlar tuşuntiriş yoki munosabatlarni ham körmayapmiz.
Töliq nizomni körmadik. Lekin 13 apreldagi yiğilişda qatnaşgan bank xodimlarining aytişiça, endi har kunlik ötkazmalarning umumiy hisoboti qölda tayyorlanib, Soliq qömitasiga yetkazib beriladi. Hali bu avtomatik tizimga ötsa kerak. Lekin biz uçun texnik tarafi emas, huquqiy va iqtisodiy taraflari muhim. Bu haqda Kun.uz'da batafsil
Bu masala birinçi marta 2020 yilning mart-aprel oylarida kötarilgandi. Öşa paytda Soliq qömitasi oyiga 30 mln sömdan ortiq bölgan ötkazmalar va tranzaksiyalar soni 10 tadan oşganda buni nazoratga olişni istagan, lekin bu e’tirozlar sabab töxtatilgan edi. Lekin hozir, mana ikki oy böldiki, bu narsaga na Markaziy bank, na Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, na Senat öz munosabatini bildirdi. Vaholanki, bu holatda ikkita: “Bank siri töğrisida”gi va “Tölov tizimi töğrisida”gi qonun me’yorlari töğridan töğri buzilyapti.
Öziça tadbirkorlar huquqini himoya qiluvçi ÖzLiDeP har doimgiday soqov. Savdo-sanoat palatasi ham bunday vaziyatlarda öz fikrini bildirmaydi, topşiriqlarni bajaradi xolos. Lekin hayron qoldirayotgani şuki, qonunçilik va bank tizimi böyiça özini har doim javobgar deb bilib, masalalarni özidan soqit qilmaydigan instansiyalar ham jim turibdi.
Hozir endi bu qadamdan ötsak, keyingisi nima bölişini bilmaymiz. Biz yomon deyotgan davrda ham bank siriga oid me’yorlarga daxl qilinmagan.
— Banki siriga oid me’yorlar buzilişi haqida batafsil gaplaşsak.
Şuhrat Qurbonov: — Barça mijozlarning amaliyoti bank siri hisoblanadi. Lekin soliqqa oid qonunbuzarlik bölgan holatda, ma’lumot oliş haqida band bor. Ya’ni Soliq qömitasi belgilangan tartibda va holatda ma’lumot olişi mumkin. Jinoiy yöl bilan topilgan mablağlarni legallaştiriş böyiça qonun bor, şu qonun doirasida ham soliq qömitasi ma’lumotlarni olişi mumkin. Aniq tartibi belgilab berilgan.
Hozirgi holatda esa heç qanday qonuniy asossiz barçaning ötkazmalari haqida ma’lumot oliş közda tutilyapti. P2P ötkazmalarda hammasi qonuniy böladi, jinoyat emas bu. Soliq qömitasi banklar uçun uçinçi taşkilot hisoblanadi. Qonunçilik böyiça esa uçinçi tarafga ma’lumot berilmasligi kerak.
— 13 apreldagi uçraşuvdan söng jamoatçilik tanqid qilgaç, Soliq qömitasi P2P ötkazmalar soliqqa tortilmaydi degan bayonot berdi. Lekin maqsad oçiq aytilgani yöq. Taxminiy maqsadlar nima bölişi mumkin?
Şuhrat Qurbonov: — Huquqiy tomondan P2P ötkazmalar uçun soliq yöq. Lekin Soliq qömitasi tomonidan banklarga yuborilgan xatda “kartadan kartaga ötkazma va ularni soliqqa tortiş” jumlasi işlatilgan.
Otabek Bakirov: — Bu narsa 36 mln aholini çalğitiş uçun qilingan deb öylayman. Çunki hali birorta davlat nomidan gapiruvçi odam P2P ötkazmalarni soliqqa tortiş böyiça gapirgani yöq, kun tartibida mavjud emas. Ya’ni asosiy masala bölgan bank siri töğrisida fikrlar, e’tirozlar bölmasligi uçun soliqqa tortiş degan band qöşib qöyilgan ongli ravişda. Ötkazmalar soliqqa tortilmaydi, degan bayonot bilan qutulib ketişmoqçi.
Vaholanki, iqtisodçilarning, bank sohasi vakillarining asosiy savoli – bank siri töğrisida. Soliqqa tortiş haqida emas. Aholining juda katta qismi soliqqa tortilmas ekan, deb mavzuni yopdi. Aslida mavzuga tinimsiz va har kuni qaytiş kerak.
Şuhrat Qurbonov: — Aytadigan fikrlarimiz “fitna nazariyasi” bölib qolişi mumkin. Hali ma’lumotlar oçiqlangani yöq. Kartadan kartaga ötkazma orqali savdo qiluvçilar köp, şularni qamrab oliş kabi fikr ham bildirilyapti. Lekin hisob-fakturada pul oluvçining emas, pul beruvçining ma’lumotlari körsatiladi. Ya’ni karta orqali savdo qilayotgan bölsa, hisob-fakturaga qarab sotuvçini aniqlay olmaydi. Hisob-faktura faqat jönatuvçining ma’lumotlarini beradi.
Otabek Bakirov: — Sönggi vaqtlarda soliq tuşumlari ösmayotganini yaşirin iqtisodiyot orqali izohlaş mumkin. Soliq tuşumlari YaIM bilan mutanosib tarzda ösib borişi kerak. Töğri, yaşirin iqtisodiyotning uluşi ortib boryapti, heç kimga sir emas bu. Biz oqibatlarni emas, sabablarni örganişimiz kerak bu borada. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qömitasi oqibatlarga qarşi kuraş rejasini tuzgan şekilli, sabablarga qarşi kuraşişni emas.
Deylik, “Malika” bozoriga borsangiz va naqd pulingiz bölmasa, sotuvçi kartaga ötkazişni taklif etadi. Maişiy texnikalar markirovkalangan, lekin baribir yaşirin iqtisodiyot bölyapti. Öşa maişiy texnika qanday kirib keldi, degan savol bor. Balki Iqtisodiyot va moliya vazirligi bojxona kanallarini örganişi kerakdir.
Keyin öşa ijtimoiy tarmoqlar orqali bölayotgan savdo-sotiqlarda sotuvçi aniq qilib karta raqamlarini berib qöyadi özi, ya’ni manzil ma’lum. Nega endi manzili aniq bölgan qonunbuzarlarni nazorat qiliş örniga, 25 mln karta egasini nazorat qiliş kerak?
Ya’ni asosiy maqsad – yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraş emas, balki ma’lumotlar töplaş va özlariga manfaatli usulda xatti-harakatlarni amalga oşiriş.
Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşni men qöllab-quvvatlayman, lekin buni manzilli ravişda qiliş kerak. Deylik, P2P orqali savdo qilayotgan 10 mingta odam bölsa, ularga qarşi kuraşiş uçun 25 mln kartani nazorat qiliş zarurati yöq.
— Haqiqatan ham, P2Pdan savdo maqsadida foydalanayotganlarga qarşi kuraşmoqçi bölsa, bunga şundoğam qömita imkoniyatlari va resurslari yetarli, şunday emasmi?
Otabek Bakirov: — Resurslar yetarli va qonunçilik ham ruxsat beradi bunga. Deylik, birorta ijtimoiy tarmoq orqali savdo qilayotgan odamning karta raqamini olib, sud orqali öşa kartaga oid barça ma’lumotlarni qölga kiritsa böladi. Bozordagi maişiy texnika savdo dökonidan sinov tariqasida kartaga ötkazma amalga oşirib, keyin iş oçişi mumkin. Qonunan ruxsat bor bunga. Maqsadi nazoratga oliş bölsa, bemalol şu narsani yölga qöysa böladi.
— Deylik, bu tartib 1 maydan kuçga kirdi va Soliq qömitasi P2P orqali savdo qilayotgan tadbirkorlarni aniqladi, keyin nima böladi?
Şuhrat Qurbonov: — Takror aytamanki, bu holatda faqat pul ötkazuvçi haqida ma’lumot oliş mumkin. Huquqiy tomondan faqatgina ötkazuvçiga hisob-faktura beriladi, çunki xizmat unga körsatilyapti. Ayni vaziyatda faqatgina kartadan kartaga köp pul ötkazayotgan odamlar haqida ma’lumot oliş mumkin.
Otabek Bakirov: — Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşda bu amaliyot umuman yordam bermaydi. Axborot jamlaşga imkoniyat bölyapti. Biz eng yaxşi gumonda bölsak ham, bu xatti-harakatlar absurd. Hozirgi zamonda bunday yiğilgan axborotlar biznesni, raqobatni manipulyatsiya qilişda işlatilişi mumkin. Şaxsan men şaxsiy ma’lumotlarini töplaşga doir qarorlar orqali manfaat körganim yöq, zarar körgan bölişim mumkin. Masalan, IMEI tizimi.
— Agar şunday bölsa, qanday iqtisodiy oqibatlarni kutişimiz mumkin?
Şuhrat Qurbonov: — 2019 yilda Qozoğistonda ham fiskalizatsiya qiliş, P2P ötkazmalarini nazorat qiliş masalasi kötarildi. Qozog‘ictonda bu juda katta negativ olib keldi. Savdogarlarning özi kartadan tölov qilsa ham, çek berayotganini aytib çiqdi. Katta şovqin kelib çiqqanidan keyin, yil oxirigaça Moliya vazirligi bu fikridan qaytdi va bekor qilindi. Moliya vaziri örinbosari hisob-kitob natijalariga tayanib, naqdsiz tölovlarning 10 foizga oşişi real YaIMning 1 foizga oşişiga olib kelişini aytdi. Naqdsiz tölov bölsin, P2P ötkazma bölsin, naqdsiz tölovlar raqamli izini qoldirib ketadi va YaIM ösişiga hissa qöşadi.
Soliq qömitasi kartadan kartaga ötkazmalarni nazorat qilişi aslida qimmatga tuşadi. Ya’ni tuşumdan köproq çiqim bölişi mumkin. Qozoğistonda ham ayni şuning uçun bu yöldan qaytildi. Lekin negadir biz ham şu xatoni takrorlayapmiz. Savdo uçun bölgan P2P ötkazmalarini zarur paytda aniqlaş va çora köriş mumkin, lekin naqd pulda izi qolmaydi, imkonsiz bölib qoladi. Ya’ni yaşirin iqtisodiyotning aylanmasini aniqlaş mumkin P2P ötkazmalarida.
Hozirda kutilişi mumkin bölgan eng yomon narsa — naqd pulga qaytiş. Aholi nazorat qörquvi bilan naqdga ötib ketiş ehtimoli katta.
Otabek Bakirov: — Aholida banklar bilan işlaş könikmalari endi şakllanyapti. Bank omonatlari içida eng katta ösişga kartalardagi qoldiqlar turtki bölyapti. Agar hozirgi jarayon qonuniy tus olsa, bank sistemasidan birinçi örinda qoçadigan mablağlar kartalardagi qoldiqlar bilan boğliq böladi. Bank tizimining likvidligi haddan taşqari yutqazadi. Bank tizimining likvidligini uşlab turgan eng katta narsa bu – plastik kartalardagi qoldiqlar.
— Xalqaro amaliyotda ham bormi bunday holat?
Şuhrat Qurbonov: — Xalqaro amaliyotda jinoiy yöl orqali topilgan daromadlarni legallaştiriş ustidan nazoratni banklarning özi amalga oşiradi. Bu borada banklarning içki siyosati bor. AQŞda ham soliqdan qoçuvçilar manzilli ravişda tartibga olinadi.
Otabek Bakirov: — Aybsizlik prezumpsiyasi birinçi örinda turadi. Har bir bank özining obrösi uçun mijozlar va ularning operatsiyalari tozaligini özi nazorat qiladi. Agar bankda jinoiylikka aloqador mablağlar köp bölsa, uning obrösi tuşib ketadi. Özbekistondagi har bir bank çet el banklari bilan aloqador. Lozim darajada legalizatsiyani yölga qöymagan bölsa, u bank qoidadan çetga çiqib qoladi. Demoqçimanki, noqonuniy mablağlarni nazorat qiliş – bankning vazifasi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi