Prezident “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oşiriş, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantiriş va qöllaniş doirasini kengaytiriş, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan örni va rolini oşiriş maqsadida qabul qilingani aytiladi.

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etilyapti.

Belgilanişiça, Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etilişi munosabati bilan qöşimça ajratilayotgan ştat birliklari Özbekiston prezidenti administratsiyasining 5 ta ştat birliklarini qisqartiriş hisobidan kiritiladi.

Özbekiston prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi "Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PF-269-son farmoniga özgartiriş kiritiladi.