Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.A. fuqaro A.X.ga 170 quti “Rocuronium Rompharm” nomli dori vositasini dorixonadan tashqarida sotgan vaqtida ushlangan.

Undan yana umumiy bahosi 108,4 mln soʻmlik 230 quti dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.