24 aprel kuni Fly Dubai (BAA) kompaniyasining samolyoti Nepal poytaxti Katmandu şahri aeroportidan havoga kötarilgan paytida favqulodda holat yuz berdi.
Mahalliy OAV xabariga köra, samolyotda yonğin çiqqan. Köplab guvohlar tuşirgan videotasvirlarda samolyot dvigatelidan olov çiqayotganini köriş mumkin.
«Fly Dubai samolyoti Katmandu aeroportidan havoga kötarilayotganda yonib ketdi va aeroportga favqulodda qönmoqçi böldi. Öt öçiriş maşinalari aeroportda», deb yozdi Ani agentligi.
The Kathmandu Post naşri Fly Dubai samolyoti mahalliy vaqt bilan 21:19 da (Toşkent vaqti bilan 22:04) havoga kötarilgani va Katmandudan Dubayga uçayotgani, dvigateldagi nosozliklar tufayli favqulodda holat e’lon qilgani haqida xabar berdi.
Katmandu xalqaro aeroporti menejyeri Pratap Babu Tivari bergan ma’lumotga köra, samolyot havoga kötarilganidan köp ötmay favqulodda holat e’lon qilgan. Biroq keyinroq ekipaj dispetçerlarga barça körsatkiçlar me’yorida ekanini aytib, parvozni davom ettirişga qaror qilgan.
Favqulodda qönişga tayyorgarlik köriş maqsadida aeroport qisqa muddatga yopilgan, ammo keyinroq normal iş faoliyatini davom ettirgan.
Aviakompaniya vakili sözlariga köra, Fly Dubai samolyoti dvigateliga quş kirib ketgan, u «standart protsedurani bajargandan keyin» parvozni davom ettirgan.












