Markaziy bank departamenti direktori Fazliddin Bozorovning aytişiça, banklarda naqd pullarni saralaş jarayonida ular “muomalaga yaroqli”, “eskirgan”, “tölovga yaroqsiz” pullar toifalariga ajratiladi.

Siyqalanmagan, ya’ni banknot qoğozining mustahkamligi, uni yana muomalada aylanişi uçun imkoniyat beradigan darajada mustahkam pullar “muomalaga yaroqli” banknotlar toifasiga kiradi. Bunday banknotlarning şikastlanganlik darajasi quyidagiça bölişi kerak:

  • banknotning ayrim qismiga yozuvlar yozilgan yoki böyalgan bölişi mumkin;
  • agar böyalgan yoki böyoq tökilgan bölsa, bu joy banknot umumiy hajmining 5 foizidan oşmasligi kerak;
  • banknotning yirtilgan, teşilgan joyining diametri yoki yirtilib tuşgan qismi bir santimetrdan oşmasligi kerak;
  • bu şikastlanişlar banknotning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlaşga xalaqit bermasligi lozim;
  • • banknotning rangi keskin tarzda özgarmagan bölişi ham talab etiladi.

Bu talablarga javob beradigan pullar “muomalaga yaroqli”, javob bermaydiganlari esa “eskirgan pullar” hisoblanadi. E’tiborlisi şundaki, eskirgan pullar ham savdo nuqtalarida qabul qilinişi şart.

Endi “tölovga yaroqsiz” pullar toifasiga kelsak. Banknot yuzasining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan pullar tölovga yaroqsiz hisoblanadi va ular savdo şoxobçalarida qabul qilinmaydi. Şuningdek, pul oldi-berdisida banknotlarning tegişli himoya belgilariga ega bölişiga jiddiy e’tibor qaratiş zarur.

Quyidagi şikastlaniş belgilari mavjud bölgan banknotalar muomalaga yaroqsiz tölov vositasi hisoblanadi:

  • bölaklarga ajratilgan, şu jumladan yopiştirilgan bölsa;
  • dastlabki rangi özgargan yoki rangi öçgan bölsa;
  • yongan yoki kuygan holatda bölsa;
  • qonuniy tölov vositasi ekanligini körsatuvçi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, böyoq yoki siyoh tökilgan bölsa;
  • banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bölsa;
  • muayyan darajada qasddan şikastlangan holda tasvir (surat, portret) özgartirilganda, nominali özgartirilgan, himoya ipçalari olib taşlangan, katta hajmdagi yozuvlar bölsa;