«Ular hali to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum harakatlarida ishtirok etmagan», - deya agentlik ma’lumotidan iqtibos keltirgan vaziyatdan xabardor manba.
Yanvar oyida Britaniya harbiy razvedkasi Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari tanklarning «yomon ahvoli» tufayli ushbu mashinalarning birinchi partiyasini qabul qilishni istamagani haqida xabar bergan edi, deb yozmoqda Reuters.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, T-14’dan foydalanish birinchi navbatda tashviqot maqsadida qabul qilingan «xavfli qaror» bo‘lishi mumkin.
















