Rossiyadan xom neft eksporti miqdori kamayayotgani yöq, hatto hukumat neft qazib oliş hajmi qisqarganini e’lon qilgan bölsa ham. Bloomberg xabariga köra, ikki haftadan buyon neft eksporti hajmi kuniga 3,4 million barrelga yaqinlaşmoqda. 

Qayd qilinişiça, Xitoy, Hindiston va Turkiya xaridorlarining talabi neft eksporti hajmini tört hafta içida yuqori darajaga qaytişiga yordam bergan. 

Rossiya energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, mart oyida neft qazib oliş hajmi kuniga 700 ming barrelga kamaygan. Biroq, neftni dengiz orqali eksport qiliş hajmi bu raqamlarni tasdiqlamayapti. Sönggi ma’lumotlar şuni körsatadiki, neftni qayta işlaş hajmi miqdori yil boşidan buyon deyarli özgarmagan va ötgan yilning aprel oyiga nisbatan kuniga 720 ming barrelga yuqori bölgan. 

Mart oyida neft qazib oliş hajmining qisqarişi allaqaçon eksport raqamlarida namoyon bölişi kerak edi. Ammo bu sodir bölmadi. Rossiya neftni saqlaş uçun yetarli miqdorda omborxonalarga ega emas. 

2022 yil 5 dekabrda Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi neft sanksiyalari kuçga kirdi. Şunga qaramay, Rossiya özi uçun yangi bozorlar – Hindiston va Xitoyni «kaşf etdi». 

2023 yil 17 aprel holatiga köra, Rossiya neft eksporti «uruşdan oldingi» darajaga yetdi.