«Özbekistonda yirik litiy koni joylaşgan, biz uşbu metallni mamlakatda qazib oliş va qayta işlaşni yölga qöyişga tayyorgarlik körmoqdamiz, – dedi vazir örinbosari.

Uning ta’kidlaşiça, vazirlik butun mamlakatda «texnologik metallar» deb ataladigan sohani rivojlantirişni istiqbolli yönaliş deb hisoblaydi.

Bundan bir yil avval Özbekiston prezidentiga Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi qoşida ustav kapitali 15 million dollar bölgan «Yangi kon» loyiha ofisini taşkil etiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Tuzilma grafit, litiy, alyuminiy, magniy va boşqa nodir metallarni qazib oliş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş bilan şuğullanadi.

Özbekistonning sarmoyaviy takliflar portfeliga Toşkent viloyatidagi litiy konini özlaştiriş kiradi. Uning zaxiralari 123 ming tonnadan oşadi. Loyihaning qiymati 59,5 million dollarga baholanmoqda.