Nigeriya şimolida yangi biznes rivojlanmoqda — hududda elektromobillar va telefonlar uçun batareyalar işlab çiqarişda zarur bölgan litiy qazib oliş avj olgan. Uşbu mahsulotga bölgan talab butun dunyoda yuqori.

Nigeriya poytaxti Abujadan unça uzoq bölmagan Pasali qişloğida konçilar boltalar yordamida qoyalarni maydalaydi, bir neça metrlik qoronği tuynuklarga tuşadi. Bu usullar qançalik sodda bölsa, şunçalik xavfli ham.

Minimal davlat nazorati ostida faoliyat yurituvçi norasmiy sotuvçi va xaridorlar hisobiga mamlakatda uşbu noqonuniy hunarmandçilik gullab-yaşnamoqda. Bu biznesga eng kambağal va himoyasiz insonlar, jumladan bolalar ham jalb etiladi.

Associated Press jurnalistlari Pasalidagi holatni borib kördi. Mahalliy savdogarlarning ta’kidlaşiça, olti boladan iborat jamoa kuniga 25 kilogrammli öntagaça qopni saralab, qadoqlay oladi. Jurnalistlar suhbatlaşgan bolalardan biri atigi beş yoşda.

Ulardan ikki nafari bir vaqtlar mahalliy boşlanğiç maktabda ta’lim olgan, biroq kambağallik sababli öqişni taşlagan, qolganlari esa umuman maktabga qabul qilinmagan.

Nigeriya statistika byurosi rasmiy ma’lumotlariga köra, aholining 63 foizi, ya’ni 133 million kişi qaşşoqlikda hayot keçiradi. Ular turmuş darajasi, soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarida standart xizmatlardan mosuvo. Kambağallarning 51 foizini bolalar taşkil etadi va ularning aksariyat qismi qişloq joylarda istiqomat qiladi.

Jurnalistlar bilan suhbatlaşgan litiy sotuvçisi Aliyu Ibrohim litsenziyasiz konlarga egalik qiladi, şuningdek, Pasali va boşqa noqonuniy uçastkalardan litiy rudasini sotib oliş bilan şuğullanadi.

Savdogarning aytişiça, nazoratçilarga pora beriş orqali uning biznesi gullab-yaşnamoqda. Ibrohim konlarda maktabga bormaydigan bolalar işlayotganidan xabardor. “Bolalarning köpçiligi yetimlar yoki kambağal oilalardan çiqqanlar, ularning boşqa tirikçilik manbasi yöq”, — dedi u.

Afrikaning eng yirik neft işlab çiqaruvçisi Nigeriya neft eksportiga qaramlikni kamaytiriş uçun qattiq foydali qazilma boyliklaridan ham foydalanişi mumkin. Biroq bu boyliklarning aksariyati, şu jumladan litiy ham, Pasalidagi kabi litsenziyasiz konlardan qazib olinmoqda. Bu esa mamlakatni milliardlab dollardan mahrum qiladi.

Pasalida litiy qazib oliş taxminan ön yil avval boşlangan. Asosiy foyda yetarli darajada nazorat qilinmaydigan Xitoy korxonalariga tegmoqda. Ular Afrika mamlakatidagi konçilik sanoatida ustunlik qiladi.