25 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida rasmiy taşrif bilan bölib turgan Çexiya boş vaziri Petr Fiala boşçiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.

Özbekiston-Çexiya munosabatlarini yanada rivojlantiriş va ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikni ustuvor yönalişlarda kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Çexiya mamlakatimizning Yevropadagi an’anaviy hamkoridir. Joriy yilda ikki tomonlama diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi nişonlanmoqda.

Keyingi bir neça yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2 barobarga, qöşma korxona va loyihalar soni esa 2,5 barobarga köpaydi.

Bugungi kunda quriliş materiallari, tibbiy uskunalarni işlab çiqariş, işbilarmonlik infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalari amalga oşirilmoqda.

Ta’lim, soğliqni saqlaş va madaniyat sohalaridagi almaşinuvlar har doimgidek faol. Mazkur taşrif doirasida Özbekiston-Çexiya arxeologik ekspeditsiyasining 20 yilligiga bağişlangan körgazma oçildi.

Uçraşuv çoğida öz mintaqalarida sanoat peşqadamlari bölgan mamlakatlarimizning özaro manfaatli hamkorligida mavjud salohiyatni samarali işga soliş muhimligi alohida ta’kidlandi.

Hukumatlararo komissiya işini faollaştiriş va uning navbatdagi yiğilişini ötkaziş zarurligi qayd etildi.

Bugun mamlakatlarimiz yetakçi korxonalari iştirokida bölib ötgan va istiqbolli loyihalar taqdimot qilingan biznes-forumning samarali yakunlari yuksak baholandi.

Qazib çiqariş tarmoği, energetikani modernizatsiya qiliş, energetik maşinasozlik, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, töqimaçilik va çarm sanoati, transport va logistika, töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş, transport yölaklarini rivojlantiriş va boşqalar ustuvor yönalişlar sifatida qayd etildi.

Özbekistonda Çexiyaning ilğor texnologiyalarini keng joriy qilişga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaş va birgalikda moliyalaştiriş vositalaridan foydalaniş muhimligi körsatib ötildi.