2023 yilda Oyning yarim soyali tutilişi may oyida yuz beradi. U aprel oyi oxirida boşlangan 2023 yilgi «tutilişlar» yölagini yopadi. 

Oyning yarim soyali tutilişi - bu Yerning faqat taşqi soyasi Oy diskiga tuşişini anglatadi. Ya’ni, bu tutiliş töliq emas. Töliq tutiliş uçun Quyoş, Yer va Oy bir çiziqda bölişi kerak. 

2023 yil 5 maydan 6 mayga ötar keçasi Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyaning aksariyat aholisi Oyning yarim soyali tutilişini kuzatişi mumkin böladi. 

Tutiliş çöqqisida Oy çetining qorayganini, ya’ni diskining yarim soyada bölgan qisminigina köriş mumkin böladi. 

5 may kuni Oyning katta qismi yarim soyada böladi, şuning uçun tutiliş çuqur yarim soyali deb ataladi. Tutilişning örtasida Oy yuzasi odatdagi oq örniga qora va jigarrangga aylanişi mumkin. 

Oy tutilişini yaxşiroq köriş uçun ob-havo oçiq bölişi kerak, şaharlarda esa osmonöpar binolardan uzoqda kuzatiş kerak. 

Keyingi şunday tutiliş 2042 yil sentabr oyida sodir böladi. 

Oy tutilişining odamlarga alohida ta’siri borligi haqida ilmiy dalillar yöq. Ammo sezgir va salomatligi ob-havoga boğliq odamlar bu hodisadan ta’sirlanişi, asab qözğaluvçanligi kuçayişi, taşviş va bezovtalik hissi yoki aksinça, eyforiya kuzatilişi mumkin. Ruhiy nevrologik kasalliklarga çalingan odamlar özini yaxşi his qilmasligi mumkin.