Eron Saudiya Arabistonidagi öz elçixonasi faoliyatini tikladi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Tehron Ar-Riyodda muvaqqat işlar vakili darajasida faoliyat olib boradi, çunki Eron hali Saudiya Arabistoniga elçi tayinlamagan.
Avvalroq Tehron ham Saudiya Arabistonining Erondagi elçixonasi işini 9 maygaça qayta boşlaşini kutayotgani xabar qilingandi.
Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlar 2016 yilda sezilarli darajada yomonlaşdi. Bunga Saudiya monarxiyasini tanqid qilgan nufuzli şia ilohiyotçisining Ar-Riyodda qatl etilişi sabab bölgan.
Şundan söng Tehronda namoyişçilar Saudiya Arabistoni elçixonasiga hujum qilişdi, bunga javoban Ar-Riyod Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.
2023 yil mart oyida Xitoy vositaçiligida Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklaşga kelişib oldi.












