Toşkent şahar Statistika boşqarmasining ma’lumotiga köra, 2023 yil 1 aprel holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 978 200 nafarni taşkil etgan bölib, şulardan 1 460 800 nafari erkaklar, 1 517 400 nafari ayollar.
Tumanlar kesimida aholisi eng köp hududlar uçtaligiga Olmazor, Yunusobod va Şayxontohur tumanlari kirdi. Yakkasaroy va Bektemir esa aholisi eng kam tumanlar sifatida qayd etildi.
2023 yil 1 aprel holatiga aholi tumanlar kesimida quyidagiça taqsimlandi:
• Olmazor tumani — 397,1 ming;
• Yunusobod tumani — 369,5 ming;
• Şayxontohur tumani — 361,8 ming;
• Mirzo Uluğbek tumani — 324,9 ming;
• Uçtepa tumani — 295,3 ming;
• Yaşnobod tumani — 293,0 ming;
• Çilonzor tumani — 272,9 ming;
• Yangihayot tumani — 164,4 ming;
• Mirobod tumani — 150,1 ming;
• Sergeli tumani — 163,8 ming;
• Yakkasaroy tumani — 128,6 ming;
• Bektemir tumani — 56,8 ming.











