Intervyu mehmonlari iqlimşunos Erkin Abdulahatov va ekologiya masalalari böyiça ekspert Farrux Sattorov böldi.

Suhbat davomida, şuningdek, Afğonistonda toliblar qurayotgan Qöştepa kanali va u töla qurib bitkazilganda kelib çiqadigan ekologik muammolar ham tahlil qilindi.

— Intervyuga kirişda bugun uç ekologik muammoni tahlil qilişimiz haqida aytdim. Ulardan birinçisi – Afğonistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelar ekan, Amudaryo orqali özining uç viloyatiga suv olib boriş uçun Qöştepa kanali loyihasiga start berdi. U töliq qurib bitkazilsa, Özbekistonning qaysi hududlari suvsiz qolişi-yu, qişloq xöjaligi uçun qanday muammolar paydo bölişi haqida irrigator olimlar bilan bir neça bor intervyular qildik. Xöş, ekolog sifatida bu kanal qurilişida sizlar qanday oqibatlarni köryapsiz?

Farrux Sattorov:

— Amudaryoning quyi oqimida joylaşgan hududlar qöriqxona hisoblanib, Buxoro buğusining asosiy yaşaş joyi hisoblanadi. Uşbu qöriqxona YuNeSKO röyxatiga ham kiritilgan. Ekologik tomondan eng katta talafot köradigan joylardan biri şu qöriqxona böladi. Bundan taşqari, suv kamayişi ösimliklarga ham ta’sir qilib, çöllaniş yanada tezlaşib ketişi mumkin. Nafaqat daryoning atroflari, balki boşqa katta hududlarga ham ta’siri bor, çunki Amudaryodan köplab kanallar, suğoriş tarmoqlari çiqqan. Quyi oqimdagi viloyatlarning qişloq xöjaligiga ta’sir ötkazadi. Daraxtlar, ösimliklar — umuman, floraga salbiy oqibatlar olib keladi.

Farrux Sattorov

Erkin Abdulahatov:

— “Tolibon” Afğonistonda hokimiyatga kelganda markazlaşgan boşqaruvni közlagan edi. Şimoldagi viloyatlarni birlaştiriş uçun suv omili kerak, albatta. Ötgan yilgi Amudaryo suvidan foydalaniş limitiga qaraydigan bölsak, 40 foiz Turkmaniston, 35 foiz Özbekiston, 12 foiz Tojikiston işlatgan. Hozirgi kelişuvlarda har yili Qöştepa kanali 10 kub kilometr suv olişi rejalaştirilgan. Qurğoqçilik davrlarida daryoning 1/3 suvini taşkil qiladi bu.

Erkin Abdulahatov

Ötgan yilgi körsatkiçga qöra hisoblasak, 1/4, ya’ni 25 foiz suvni oladi degani. Şundoq ham bizda oxirgi paytlar qurğoqçilik, iqlim özgarişi kuzatilyapti. Ayni suğoriş — vegetatsiya paytida havo harorati kötarilib ketyapti yildan yilga. Bizning mintaqada bu holat buğlanişni kuçaytirib yuboradi. Suğorişga ehtiyoj ortaveradi endilikda. 2030 yilda yuzaga kelişi mumkin deyilayotgan suv yetişmovçiligida bu omil hisobga olinmagan edi.