Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti direktori Tedros Gebreyyesus taşkilot endi koronavirus tarqalişini favqulodda holat deb hisoblamasligi haqida ma’lum qildi. U bu haqda 5 may kuni Jyenevada bölib ötgan konferensiyada aytib ötdi.
JSST rahbari ta’kidlaşiça, kovid endilikda aholi salomatligi uçun global tahdid emas.
«Mana bir yildan ortiq vaqt davomida pandemiya pasayiş tendensiyasida bölib, aholining emlaş va infeksiyalarga qarşi immuniteti ortib bormoqda, ölim kamaymoqda va soğliqni saqlaş tizimlariga yuk yengillaşmoqda», degan u.
JSST koronavirus tufayli qariyb yetti million ölim holatlarini röyxatga olgan. Ammo taşkilot rahbarining sözlariga köra, qurbonlar soni, katta ehtimol bilan köproq va 20 millionga yaqinni taşkil etadi.
Ötgan davr mobaynida kasallik aniqlangan holatlar soni — 765,2 mln.

- Eslatib ötamiz, JSST koronavirus infeksiyasi tarqalişi munosabati bilan dastlab 2020 yil 30 yanvarida favqulodda holat, öşa yil 11 mart sanasida esa pandemiya e’lon qilgandi. Şu tariqa, pandemiya 3 yil 1 oy va 24 kun davom etdi.
- Özbekistonda, rasmiy statistikaga köra 250 mingdan ortiq kasallaniş holati qayd etilib, 1637 kişi ölimi tasdiqlangan. Biroq haqiqiy ölim holatlari soni bundan köproq bölişi mumkin.













