Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novosti agentligiga Kremlda bu yil an’anaviy qabul bölib ötmasligini aytdi. U tadbirning bekor qilinişi sabablarini aytmadi. 

Odatda şu kuni Rossiya prezidenti Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari bilan uçraşib, nutq sözlab, mukofotlar topşirardi. Uçraşuv birinçi marta bekor qilinayotgani yöq - ötgan yili u noma’lum sabablarga köra, undan oldin esa - koronavirus pandemiyasi tufayli ötkazilmagan. 

Eslatib ötamiz, bu yil Kursk va Belgoroddagi harbiy paradlar ötkazilmaydi, ular «xavfsizlik sababli» bekor qilingan edi. Şuningdek, anneksiya qilingan Qrimda ham harbiy paradlar va «Ölmas polk» aksiyalari bekor qilindi. 

Keyinçalik Bryansk, Kaluga, Ryazan, Oryol, Saratov, Kaliningrad viloyati, Lipetsk, Yelets, Tyumen, Nijnevartovsk, Surgut va Xanti-Mansiyskda parad bekor qilingani ma’lum böldi. 

Avvalroq, Kreml 9 may kuni poytaxtda harbiy parad ötkazilişini ta’kidladi. Şu bilan birga, Rossiya ommaviy axborot vositalari Sankt-Peterburgdagi parad samolyotlar parvozisiz ötkazilişini yozdi.