Bugun, 8 maydan "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi konstitutsiyaviy qonun kuçga kirdi. 

“Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişga köra, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanişning tarixiy öziga xos xususiyatlaridan, şuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib çiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravişda hal etişga haqli.

Saylov kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra: 

oğir yoki öta oğir jinoyatlar sodir etganligi uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib taşlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, şahar, okrug va uçastka saylov komissiyasi a’zosi bölişi mumkin emas;

  • Prezident muddatidan ilgari Özbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov uşbu kodeksga töliq muvofiq holda 2 oy içida ötkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkazişga doir tadbirlarni amalga oşiriş muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi;
  • Qonunçilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunçilik palatasi deputatlarining saylovi uşbu Kodeksga töliq muvofiq holda 3 oy içida ötkaziladi.
  • Qonunçilik palatasi tomonidan özini özi tarqatib yuboriş töğrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunçilik palatasi deputatlarining saylovi uşbu kodeksga töliq muvofiq holda 2 oy içida ötkaziladi; 
  • Senat Özbekiston prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi uşbu kodeksga töliq muvofiq holda 3 oy içida ötkaziladi.

Senat tomonidan özini özi tarqatib yuboriş töğrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi uşbu kodeksga töliq muvofiq holda 1 oy içida ötkaziladi.