«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning ma’lum qilişiça, Rossiya mudofaa vazirligi unga harbiy harakatlarni davom ettiriş uçun zarur miqdorda qurollar va öq-dorilarni yetkazib berişni va’da qilgan.

Şuningdek, vazirlik tomonidan berilgan jangovar buyruqda raqib qurşoviga tuşib qolişining oldini oliş uçun qanotlar ham kuçaytirilişi ma’lum qilingan.

Bundan taşqari, Prigojinning sözlariga köra, «Vagner»ning vazirlik bilan hamkorlik masalalari Rossiya havo-kosmik kuçlari qömondoni va Ukrainadagi Rossiya qöşinlari qömondoni örinbosari Sergey Surovikin mas’ul böladi.

«Vagner guruhi»ning mudofaa vazirligi bilan hamkorlikdagi jangovar harakatlar doirasida barça qarorlarni qabul qiluvçi inson sifatida bizga Surovikinni berişmoqda. Bu esa armiyadagi qanday jang qilişni biladigan yagona yulduzli general», degan Prigojin.

«Vagner» XHK asosçisi yakunlangan hafta davomida Şoygu va boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovga öta qöpol şaklda videomurojaat yöllab, özining tuzilmasini öq-dorilar bilan ta’minlaşni talab qilgan va aks holda 10 may kuni «Vagner» XHKni Baxmutdan olib ketiş bilan tahdid qilgandi.

Şanba kuni esa Ramzan Qodirov uning çiqişlariga munosabat bildirib, Prigojinni uydagi gaplarni (ixtilofni) köçaga olib çiqişda ayblab, «Axmat»ni vagnerçilar örniga Baxmutga yuborişga tayyorligini aytdi.

Çeçeniston rahbari çeçenlarning «Axmat» maxsus topşiriqli bölinmasini «Vagner» XHK örniga Baxmutga yuborişni sörab, Putinga rasman murojaat yöllagan.

«Rossiya Federatsiyasi oliy boş qömondoni V.V. Putin nomiga «Axmat» bölinmalarini Artyomovsk (Baxmut) şahriga köçiriş böyiça körsatma berişni sörab xat yozdim. Maktab allaqaçon yuborildi», deyiladi Qodirovning telegram-kanalida maktub nusxasi ilova qilingan postda.

Maktubda prezidentdan mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Rosgvardiya boşliği Viktor Zolotovga Baxmutga «Axmat» bölinmalarini yuboriş va ularga «Vagner» XHKning u yerdagi pozitsiyalarini topşirişga buyruq beriş söralgan.

Prigojin Baxmutdagi pozitsiyalarni topşirişni boşlaş uçun Qodirovning vakillari bilan aloqa örnatgani haqida xabar bergandi.

«10 may kuni soat 00:00 da, jangovar salohiyatimiz töliq tugaydigan vaqtda, quroldoşlarimiz örnimizni egallab, Baxmut aholi punktini şturm qilişda davom ettirişlari uçun pozitsiyalarimizni zudlik bilan ötkazişni boşlaş maqsadida uning vakillari bilan aloqada bölib turibman», degandi Prigojin.