Şu yilning 1 may kuni Özbekiston “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov tergov organlari tomonidan fuqarolar qiynoqqa solinayotgan holatlar mavjudligi haqida xabar bergandi. Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) va uning huzuridagi jamoatçilik guruhlari vakillari qiynoqqa solingani aytilgan ikki erkak saqlanayotgan hibsxonalarga borib, ularning holidan xabar oldi.

“Joriy yilning 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) va uning huzuridagi jamoatçilik guruhlari vakillari tomonidan Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring taşrifi amalga oşirildi.

Taşrif davomida Jinoyat kodeksining 164-moddasida (Bosqinçilik) nazarda tutilgan jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinib, qamoqqa olingan Dilşodjon Töraxöjayev va 251 prim 1-moddasida (Kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, qamoqqa olingan Hasanboy Abdunabiyevlar bilan ham yakka tartibda holi suhbatlar ötkazildi.

Ötkazilgan suhbatlar davomida har ikki şaxs ijtimoiy tarmoqlarda özlari haqida tarqatilgan xabarlarni tasdiqladi”, deyiladi ombudsman axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.

Qayd etilişiça, Dilşodjon Töraxöjayev uçraşuv davomida öziga nisbatan avval Namangan viloyatining Pop tumani Içki işlar bölimida va keyinçalik Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida ruhiy va jismoniy bosim ötkazilgani, qiynoqqa solinganini ta’kidlagan.

Dilşodjon Töraxöjayev Ombudsman vakili bilan uçraşuv çoğida Foto: Ombudsman.uz

Tadbirkor qiynoqlar natijasida aybiga iqror bölgani va olgan tan jarohatlarini içki işlar organlari xodimlari tomonidan yetkazilganligi böyiça körsatma bermagan.

Eslatib ötamiz, Töraxöjayevning qiynoqqa solingani haqida jamoatçilikka uning advokati